
Endi futbolchilarimizga vitaminlar etkazib beriladi
Bugun O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov va “Nobel Pharm” kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar berdi.
Unda futbolchilar uchun maxsus vitaminizatsiyalashtirish jarayonini tashkil etish, musobaqalardan oldin foydalanishga mo‘ljallangan xavfsiz va tarkibida doping vositalari bo‘lmagan preparatlarni ishlab chiqarish, musobaqalardan keyin tiklanish uchun mo‘ljallangan hamda jarohatlarni davolashda qo‘llanadigan vositalarni tayyorlash haqida kelishuvga erishildi.
Shuningdek, bu borada preparatlarning sifatiga alohida e’tibor qaratish, rivojlangan davlatlarning tajribalarini o‘rganib, ularni qo‘llash masalalari muhokama etildi.
Fikrlar