
Endi bizga Rodrigo kerak emas!
“Real” oxirgi ikki yilda tarkibga Kilian Mbappe va Jud Bellingemni jalb qilganidan keyin Rodrigoning jamoadagi ahamiyati pasaydi.
Yangi bosh murabbiy Xavi Alonso ham oldingi chiziqda asosan Kilian Mbappe va Vinisius Juniorga suyanishini bildirdi. Shu bois, aksariyat manbalar Rodrigo Goes yozgi transferlar vaqtida jamoasini o‘zgartirishi mumkinligi haqida yozmoqda.
Qimmatbaho futbolchilar asosan Angliya Premer-ligasidan qo‘nim topishi odatiy holga aylangan. Shu nuqtai nazardan braziliyalik universal hujumchiga “Manchester Siti”, “Chelsi”, “Arsenal” va “Liverpul” kabi qudratli klublar qiziqish bildirayotgan edi.
Jurnalist Ben Jeykobsning ma’lum qiligicha, “Liverpul” rahbariyati Muhammad Salohni klubda qolishga ko‘ndirganidan keyin Rodrigo variantidan voz kechishga qaror qilgan.
Shuningdek, “Chelsi” ham 24 yoshli futbolchini asosiy transfer nishonlari ro‘yxatidan chiqardi va e’tiborini boshqa o‘yinchilarga qaratadigan bo‘ldi.
Fikrlar