Endi barchasi tamom! Superklub 20 nafar futbolchini haydayapti

  • 17 iyun, 08:36
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Chelsi” keyingi paytda tarkibining kattaligi bilan ajralib turadigan klub hisoblanadi. Biroq italiyalik mutaxassis Entso Mareska kelasi mavsum oldidan jamoada jiddiy tozalash ishlarini o‘tkazadigan bo‘ldi.

Tecno

“Aristokratlar” yozda yangi o‘yinchilar ola boshladi. Xususan, 30 million funtga hujumchi Liam Delap transfer qilindi. Shuningdek, jamoaga Dario Essugu va Mamadu Sarr qo‘shildi. Xaridlar hali davom etadi.

Football Express nashrining ma’lum qilishicha, londonliklar umumiy hisobda yigirma nafar o‘yinchi bilan xayrlashadi.

BBC jurnalistlari klubdan ketishi talab etilayotganlar orasidan 14 nafar mashhur futbolchilar nomini aniqladi.

Bular:

Rahim Sterling;

Aksel Disasi;

Kepa Arrisabalaga;

Jorje Petrovich;

Armando Broya;

Joau Feliks;

Renatu Veyga;

Ben Chiluell;

Karni Chukvuemeka;

Lesli Ugochukvu;

Alfi Gilkrist;

Aleks Matos;

Leo Kasldayn;

Zak Sterdj.

Bu o‘yinchilarning bari mavsumni turli jamoalarda ijarada o‘tkazdi.

Mareskaning o‘zi asosiy jamoada o‘ynagan bir qator futbolchilarga ham chiqish eshigini ochdi. Jumladan, Benua Badiashil, Uesli Fofana va Kristofer Nkunku ham o‘ziga yangi ish topishi kerak.

“Chelsi” murabbiydar shtabi yaqingacha jamoa etakchisi bo‘lgan Nikolas Jeksondan ham voz kechishga tayyor. Agar yozda “aristokratlar” yangi darvozabon xarid qilsa, asosiy posbon vazifasini bajarib kelgan Robert Sanchesning ketishiga ham ruxsat beriladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!