
Emre Jan yana APLga qaytishi mumkin
Turinning "Yuventus" klubi yarim himoyachisi Emre Jan "Manchester Yunayted"ning qiziqishlar doirasiga kirib qoldi.
The Express nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “qizil iblislar” 25 yoshli nemis futbolchisining “Yuve”dan ketishni xohlayotganidan foydalanib uni qishki transferlar davridayoq sotib olishmoqchi.
Aytish kerakki, “keksa sinora” boshqaruviga Mauritsio Sarri kelgach, Janning o‘yin amaliyoti vaqti keskin qisqarib ketdi. U joriy mavsum bor yo‘g‘i 3 ta o‘yinda maydonga tushdi xolos. Uning ayni damdagi transfer narxi esa 33 mln evroga baholanmoqda.
Fikrlar