
Emeri faoliyatini vatanida davom ettiradi
PSJ, «Sevilya» va «Spartak» klublari sobiq bosh murabbiyi Unai Emeri tez orada «Vilyarreal» boshqaruvini o‘z qo‘liga oladi.
Italiyalik jurnalist Nikolo Skiraning xabar berishicha, ispaniyalik mutaxassis “sariq suvosti kemasi” bilan kelishuvga erishgan. Jamoaning amaldagi bosh murabbiyi Xaver Kalexa esa, garchi Evropa ligasi yo‘llanmasi qo‘lga kiritilganiga qaramay, iste’foga chiqarilishi kutilmoqda.
Emerining so‘nggi ish joyi “Arsenal” klubi bo‘lgan edi. Londonliklar uni 2019 yilning noyabrida iste’foga chiqarishgan.
Fikrlar