
Elguja Grigalashvili: "Babayan menga ancha oldin aloqaga chiqqandi"
“Navbahor”ning gruziyalik yangi futbolchisi Elguja Grigalashvili reja bo‘yicha ertaga Toshkentga keladi. Legioner o‘yinchi “Navbahor”ga o‘tishi yuzasidan klubga kim taklif qilgani va maqsadlari haqida Sports.uz muxbiriga shunday dedi:
“Ha, menga Babayanni o‘zi qo‘ng‘iroq qildi. U menga ancha oldin aloqaga chiqqandi. Ammo kuni kecha hammasini kelishib oldik.
Chunki “Navbahor” yaxshi jamoa. Ishqibozlari ham ajoyib. “Navbahor” ishtirokidagi o‘yinlar doim jonkuyar muxlislari tufayli qiziq kechgan.
“Navbahor” uchun o‘zimning bor mahoratimni ishga solgan holda to‘p surishni istayman. Maksimal natija uchun kurashamiz va bu kurashda men ham ishtirok etishni istayman”, - deya fikrini yakunladi, Grigalashvili.
Fikrlar