Eldor Shomurodov transferiga oid yangilik!

  • 5 avgust, 2024, 15:41
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston terma jamoasi va "Roma" hujumchisi Eldor Shomurodov yangi mavsumni qaerda davom ettirishi so‘roq ostida qolmoqda. "Bo‘rilar" yaqinda "Jirona"dan Artyom Dovbikni qo‘shib oldi. Bundan tashqari, jamoada Temmi Abraham ham bor. Shu sabab katta ehtimol bilan legionerimizning ijaraga beriladi. 

Tecno

Italiyalik jurnalist Nikola Skiraning xabariga ko‘ra, agar rimliklar Shomurodovning maoshini bir qisini to‘lab berishga rozi bo‘lsa, "Verona" uni ijaraga olishga tayyor. Jurnalistning ta’kidlashicha, o‘zbekistonlik futbolchi De Rossining rejalariga kirmaydi.

Ma’lumot uchun, Eldor o‘tgan mavsumni Sardiniyaning "Kalyari" jamoasida o‘tkazib, 3 ta gol urdi va shuncha assistni amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Negmat Negmatov
05/08/2024 22:47
Шу Дженоадан бекорга утдими дейман Элдорни, хеч иши юришмади шу болани, Хурматли азиз юртдошлар Сизлардан илтимос шу йигит укамизни бир ДУО килайлик иши юришиб кетиб ГОЛлар урсин ( КУПни ДУОси кабул булади иншооллох ) Рахмат барака топинглар
&
Усмонбек
05/08/2024 23:43
Омадини.берсин.омин