Eldor Shomurodov: Terma jamoaning asosiy tarkibi uzoq vaqt bir erga jam bo‘lmagani uchun ham bizga ushbu yig‘in zarur edi

  • 22 mart, 2021, 18:43
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, O‘zbekiston milliy terma jamoasi Toshkentda o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlarini boshladi. Ushbu yig‘inga bosh murabbiy aksariyat legionerlarimizni chaqirib, asosiy tarkibni shakllantirishga harakat qilmoqda.

Tecno

Italiyaning "Jenoa" klubi sharafini himoya qilayotgan Eldor Shomurodov ham yurtimizga etib keldi. Shu fursatdan foydalanib, O‘FA matbuot xizmati hujumchimiz bilan intervyu uyushtirdi. Quyida ushbu suhbatning bir qismini e’tiboringizga havola etamiz.

-Yig‘in davomida Gana va Iroq termalari bilan o‘ynaymiz. Ushbu uchrashuvlar biz uchun qay darajada foydali, deb o‘ylaysiz?

Oldimizda juda muhim o‘yinlar kutib turibdi. Ularni hisobga olsak, tashkil etilgan nazorat uchrashuvlari biz uchun juda kerak. Chunki uzoq vaqt davomida terma jamoaning asosiy tarkibi bir erga jam bo‘lmagan edi. Saralash o‘yinlariga yaxshi tayyorgarlik ko‘rib olish uchun uyushtirilayotgan o‘rtoqlik o‘yinlari juda muhim deb hisoblayman.

-Terma jamoaning asosan ichki chempionatda harakat qiladigan futbolchilardan iborat tarkibini kuzatdingizmi?

Ha, men ular ishtirokidagi nazorat uchrashuvlarini tomosha qildim. Biroq o‘yinni to‘liq ko‘rdim, deya olmayman.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!