
EL. "Sevilya" kichik kambek amalga oshirib, ikkinchi finalchiga aylandi
Evropa ligasining yarim final bosqichi o‘z nihoyasiga etdi. "Sevilya" o‘z maydonida "Yuventus"ni 2:1 hisobida taslim qilib, finalga yo‘l oldi.
Dastlab, 65-daqiqada Vlaxovich hisobni ochgan bo‘lsa, oradan ko‘p o‘tmay Suso imkoniyatlarni tenglashtirdi. Asosiy vaqtda boshqa gol urilmaganidan keyin qo‘shimcha taymlarga murojat qilindi. 95-daqiqada Lamela boshi bilan gol urib, jamoasiga g‘alaba olib keldi.
Shu tariqa, "Sevilya" turinliklarni umumiy 3:2 hisobida mag‘lub qildi. Ispanlar finalda "Roma" bilan o‘ynashi kerak. Ushbu bahs 1-iyun kuni bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar