EL. "Roma" o‘z maydonida alamli mag‘lubiyatni qabul qilib oldi

  • 7 oktabr, 2022, 02:02
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Evropa Ligasi 3-turi doirasidagi "Roma" - "Betis" uchrashuvi yakuniga etdi. Qiziqarli va keskin kurashlar ostida o‘tgan bahsda rimliklar 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Tecno

Uchrashuvdagi hisobi Mourino shogirdlari tomonidan ochildi. 34-daqiqada "bo‘rilar" penalti tepish imkoniyatiga ega bo‘ldi va Paulo Dibala undan unumli foydalandi. 40-daqiqada Gvido Rodriges "Betis"ning hisobni tenglashtiruvchi goliga mualliflik qildi. Uchrashuv yakuni arafasida, aniqrog‘i 88-daqiqaga kelib, ispan klubi g‘alaba to‘pini kiritdi. Rodrining ajoyib uzatmasidan keyin Luis Enrike tablodagi hisobni 1:2 ko‘rinishiga keltirib qo‘ydi. 

"Betis" mazkur g‘alabadan keyin "S" guruhida yaqqol peshqadam bo‘lib oldi - 9 ochko. "Roma" esa 3 ochko bilan 3-o‘rinni band etgan. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!