
"El-klasiko"dan oldin "Real" tarkibida qanday yo‘qotishlar bor?
Madridning "Real" klubi La Liga doirasida "Barselona"ga qarshi o‘yin oldidan ayrim o‘yinchilar bilan tayyorgarlik borasida muammolarga duch kelmoqda.
Jurnalist Mario Kortegananing so‘zlariga ko‘ra, himoyachi Ferlan Mendi "Malorka"ga (3:0) qarshi o‘yinda mushaklaridan jarohat olgan va ikki haftaga safdan chiqqan edi. Shu sababli u "el-klasiko"ni o‘tkazib yuboradi.
Hujumchi Karim Benzema juma kuni yakuniy tekshiruvlardan o‘tadi, shundan so‘ng uning o‘yindagi ishtiroki bo‘yicha qaror qabul qilinadi.
Qayd etilishicha, "Malorka"ga qarshi o‘yinda ham jarohat tufayli maydonni tark etgan Rodrigo allaqachon umumiy guruhda mashg‘ulot o‘tkazmoqda va maydonga tushishga tayyor.
Aranchi Rodrigesning xabariga ko‘ra esa himoyachi Eder Militao ham "Malorka"ga qarshi o‘ynashga to‘sqinlik qilgan jarohatidan sog‘ayib, umumiy guruhga qaytdi.
Azar va Nacho ham trenajyor zalida mashq qilishgan, ammo ularning holati yaxshi.
"Real" va "Barselona" o‘rtasidagi bahs 21 mart kuni Toshkent vaqti bilan soat 01:00 da boshlanadi.
Fikrlar