
EL. Gollarga boy o‘tgan uchrashuvda "Barsa" keyingi bosqich yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi
Evropa ligasi 1/16 final bosqichidan o‘rin olgan "Napoli" - "Barselona" uchrashuvi yakuniga etdi. Mazkur bahsda mehmonlar 4:2 hisobida raqibdan ustun keldi.
Mezbonlar safida Insine va Politino gol urdi. "Barsa" tarkibida Alba, De Yong, Pike va Obameyang raqib darvozasini ishg‘ol qildi.
Shu tariqa, "Barsa" Evropa ligasi nimchorak finaliga yo‘l oldi.
Eslatib o‘tamiz, mazkur jamoalar o‘rtasidagi ilk uchrashuvda tomonlar 1:1 hisobidagi durangga imzo chekkandi.
Fikrlar