Efiopiyalik mashhur engil atletikachi bir yilga diskvalifikatsiya qilindi

CHERY AUTO

Efiopiyalik uzoq masofaga yugurish bo‘yicha engil atletikachi Etaferaxu Vodai 12 yil muddatga diskvalifikatsiya qilindi. Sportchi 2019 yil noyabr oyida bo‘lib o‘tgan Kanadaning Toronto marafonidan keyin uning doping-sinamasida aniqlangan eritropoetin moddasi bilan qo‘lga tushgan.

Tecno

Bundan keyin sportchi IAAF Halqaro engil atletika federatsiyasiga uning salomatligi sababli bu taqiqlangan modda musobaqadan bir oy avval shifokor tomonidan davolash maqsadida buyurilganligi to‘g‘risida qalbaki tibbiy ma’lumotnomani taqdim etgan.

Natijada IAAF E.Vodaiga aniqlangan doping uchun 4 yil va aldashga uringani uchun qo‘shimcha 8 yil diskvalifikatsiya jazosini qo‘llash to‘g‘risida qaror qabul qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!