
Edegor murabbiyning gapini tushunmay, “Real”dan ketib qoldi
“Real”da o‘z o‘rnini topa olmagan Martin Edegor “Arsenal” bilan shartnoma imzoladi. Aslida norvegiyalik futbolchi Madrid klubiga ijaradan qaytganidan keyin o‘z orzusidagi jamoada qolishni istagandi.
Jurnalistlarning aniqlashicha, “Real” bosh murabbiyi Karlo Anchelottidan arazlab yurgan yarim himoyachi o‘zaro suhbatni noto‘g‘ri talqin qilgani sababli boshqa jamoaga o‘tib ketgan ekan.
Ma’lum bo‘lishicha, Anchelotti Edegorga asosiy tarkibga kirish uchun raqobatni engish uchun qattiq harakat qilishi, maydon markazida u o‘ynaydigan pozitsiyada sakkiz nafar futbolchi borligini aytgan. Martin esa, unga raqobat kuchli ekani va hech kimning asosiy tarkibdagi joyi kafolatlanmaganini tushuntirmoqchi bo‘lgan murabbiyning gapini anglab etmagan.
Yarim himoyachi murabbiyning so‘zlarini boshqa jamoa top deyapti, deb tushunib, “Arsenal” taklifini qabul qilgan.
Fikrlar