Eddi Xirn: "Vladimir Klichko Dyubua kabi buqaga qarshi turishi qiyin"

  • 30 noyabr, 2024, 14:03
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Mashhur promouter Eddi Xirn Vladimir Klichko va og‘ir vazn toifasida IBF chempioni Daniel Dyubuaning o‘zaro jangi haqidagi xabarlarga izoh berdi.

Tecno

"Bu juda g‘alati. Vladimir boksga qaytmoqchi! Ehtimol u Dyubua bilan jang qilar, ammo yosh baribir o‘z so‘zini aytadi. Klichko so‘nggi jangini 2017 yilda Entoni Joshuaga qarshi o‘tkazgandi. Shundan keyin etti yil ringga chiqmadi. Shuning uchun ham bu yaxshi fikr emas, deb o‘ylayman. Ayniqsa, Daniel kabi yosh buqaga qarshi. Bu juda qiyin”, - dedi Xirn "Boxing News" You Tube kanaliga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, 2017 yil 29 aprelda o‘tkazilgan jangda Entoni Joshua 11-raundda Vldimir Klichkoni texnik nokautga uchratgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!