Eddi Xau: "Biz Isakning taqdirini nazorat qilamiz"

  • 29 iyul, 18:47
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Nyukasl" bosh murabbiyi Eddi Xau jamoa hujumchisi Aleksander Isakning kelajagi haqida fikr bildirdi.

Tecno

"U hali ham bizning futbolchimiz. Biz bilan amaldagi shartnomasi bor. Shu bois, ma’lum ma’noda uning kelajak taqdirini nazorat qilyapmiz. Men uni jamoada qolishini va kelasi mavsumda maydonda ko‘rishni xohlardim" — deya Xauning so‘zlarini keltiradi "Sky Sports".

Shuningdek, Xau Isakni 150 million funt sterlingdan kamiga sotish niyati yo‘qligini ta’kidladi.

Ayni damda Shvetsiya terma jamoasi forvardi, "Liverpul" va "Al-Hilol" tomonidan ko‘zlangan futbolchi hisoblanadi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!