Eddi Hirn Murodjon Ahmadalievning jangi qachon bo‘lishini aytdi

  • 11 iyul, 2023, 09:14
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO
Professional boksning birinchi yarim engil vazn toifasida sobiq jahon chempioni hisoblangan hamyurtimiz Murodjon Ahmadaliev yaponiyalik Tomoki Kamedaga qarshi jangga buyurilgan edi. Ushbu bahs WBA jahon chempionlik kamari uchun yakuniy eliminator maqomida bo‘lishi belgilangan. 
 
Matchroom promouterlik kompaniyasi rahbari Eddi Hirn International Boxing News portaliga ma’lum qilishicha, mazkur to‘qnashuvni sentyabr oyida o‘tkazish bo‘yicha muzokaralar olib borilmoqda. 
 
Eslatib o‘tamiz, Ahmadaliev o‘ziga tegishli bo‘lgan WBA va IBF jahon chempionlik kamarlarini Marlon Tapalesga boy bergan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!