EChLning bu safargi finali ham muxlislarsiz o‘tadimi?

  • 27 mart, 2021, 17:47
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Evropa Chempionlar Ligasi finali Istanbulda o‘tkazilishidan xabaringiz bor.

Tecno

UEFAning rejalariga ko‘ra, hal qiluvchi bellashuvga tomoshabinlar kiritiladi. Ularning soni 9 mingdan kam bo‘lmasligi taxmin qilinmoqda. Ammo "Ko‘hna qit’a"da koronavirusning uchinchi to‘lqini bo‘lib o‘tayotganini inobatga olib, final bo‘m-bo‘sh tribunalar bilan o‘tishi ham ehtimoldan holi emas.

Avvalroq, ushbu kasallik tarqalishining oldini olish maqsadida mobil qurilmalar orqali chiptalar sotuvini yo‘lga qo‘yish uchun tizim ishlab chiqilishi mumkinligi haqida ma’lum qilingandi. "Daily Mail" nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, yakuniy qaror Turkiyaning mamlakatga chet elliklarni kiritish to‘g‘risidagi farmoniga bog‘liq.

Ma’lumot uchun, Istanbuldagi "Otaturk" stadioni o‘z bag‘riga 75 415 nafar muxlisni sig‘dira oladi. Aslida, o‘tgan mavsum ushbu o‘yingoh EChL finalini qabul qilishi lozim edi. Biroq koronavirus tufayli hal qiluvchi o‘yinlar Lissabonda o‘tkazilgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!