EChL. "Real" peshqadam "Barselona"ga yaqinlashib oldi

  • 29 sentabr, 2021, 15:03
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Chempionlar ligasi 2-turidan o‘rin olgan "Real" - "Sherif" uchrashuvida mehmonlar 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. 

Tecno

Madridliklarning yagona goli 65-daqiqada Karim Benzema tomonidan kiritildi. Vinisiusga nisbatan ishlatilgan qo‘pollikdan so‘ng belgilangan 11 metrlik jarima to‘pini frantsiyalik futbolchi darvozaga yo‘lladi. Bu "qirollik klubi" uchug EChL tarixidagi 51-penalti bo‘ldi.

"Real" bu borada ikkinchi o‘rinni egallab turibdi. Ulardan oldinda faqatgina azaliy raqib "Barselona" bor. Kataloniyaliklar Evropa chempionlar ligasi doirasidagi bahslarda jami 53 penaltini qo‘lga kiritgan. 

Ulardan tashqari, "Bavariya" (48), "Manchester Yunayted" (34), "Chelsi" (31), "Yuventus" (30), "Arsenal" (30), "Portu" (27), "Manchester Siti" (24) va "Liverpul" (20) kabi jamoalar yaxshi ko‘rsatkichga ega.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!