
EChL. Maguayrning yagona goli "Manchester Yunayted"ga g‘alaba taqdim etdi. "Arsenal" "Sevilya" ustidan zafar quchdi
Chempionlar ligasi 3-turida "Manchester Yunayted" "Kopengagen" ustidan 1:0 hisobida g‘alaba qozondi. "Arsenal" esa "Sevilya" mehmoni bo‘lib, 1:2 hisobida zafar quchdi.
"Manchester Yunayted" - "Kopengagen" uchrashuvidagi yagona gol Maguayr tomonidan urildi. Himoyachi 72-daqiqada Eriksenning uzatmasidan keyin to‘pni darvozaga boshi bilan joylab qo‘ydi. So‘nggi daqiqalarda MYu darvozasga penalti belgilandi. Ammo Onana uni bartaraf qildi.
"Sevilya" - "Arsenal" bahsida Martinelli hisobni ochgan bo‘lsa, Jezush farqni ikkitaga oshirdi. Gudel esa javob qaytardi.
Fikrlar