EChL. "Borussiya" guruhdagi qasosini yarim finalda olmoqchi

CHERY AUTO

Xabaringiz bor, bugun Evropa chempionlar ligasi doirasida ikkinchi yarim final o‘yini bo‘lib o‘tadi. "Signal Iduna Park" stadionida start oluvchi bahsda "Borussiya Dortmund" PSJni kutib oladi.

Tecno

Yakshanba kungi ligadagi chempionlikdan so‘ng PSJ Germaniyaga ko‘tarinki kayfiyatda kelishi anik. Dortmundliklarda esa teskarisi, jamoa ligadagi so‘nggi bahsda "Leyptsig"ga yirik hisobda mag‘lub bo‘ldi. Shunga qaramay, "arilar" EChL doirasidagi so‘nggi 10 ta uy o‘yinida mehmonlarga mag‘lub bo‘lgani yo‘q.

Eslatib o‘tamiz, jamoalar guruh bosqichining "F" guruhida o‘zaro to‘qnash kelgan. Birinchi o‘yin PSJ hisobiga hal bo‘lgan bo‘lsa, ikkinchi o‘yinda jamoalar durangga imzo chekgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!