
EChL. Bir kishi kam bo‘lib qolgan "Inter" g‘alaba qozondi. Biroq...
Evropa chempionlar ligasi 1/8 finalidan o‘rin olgan "Liverpul" va "Inter" o‘rtasidagi javob o‘yini yakuniga etdi. Ushbu bahsda mehmonlar Lautaro Martinesning super goli evaziga g‘alaba qozondi.
Shunday bo‘lsa-da, ilk o‘yindagi 2:0 hisobidagi g‘alaba mersisaydliklarning keyingi bosqichga chiqishini ta’minlab berdi.
Eslatib o‘tamiz, "neradzurrilar" futbolchisi Aleksis Sanches bellashuvning 63-daqiqasida ikkinchi sariq kartochkasini olib, maydondan chetlashtirildi.
Fikrlar