
EChL. "Barselona" Portugaliyada qiyin g‘alabani qo‘lga kiritdi. "Manchester Siti" Germaniyadan 3 ochko bilan qaytdi
EChL 2-turidan o‘rin olgan bir qancha uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi. Unda "Barselona" "Portu"ni 0:1 hisobida mag‘lub qilgan bo‘lsa, "Manchester Siti" "Leyptsig" bilan durang o‘ynadi.
"Barselona" - "Portu" o‘yinining 45+1 daqiqasida Ferran tomonidan urilgan gol yagonaligini saqlab qoldi va kataloniyaliklarga 3 ochko taqdim etdi. Shu tariqa, Xavi shogirdlari guruhda 1-o‘ringa chiqib oldi.
"Leyptsig" - "Manchester Siti" bahsi "shaharliklar"ning 1:2 hisobidagi g‘alabasi bilan tugadi. Dastlab, 25-daqiqada Foden jamoasini oldinga olib chiqqan bo‘lsa, Ikkinchi taym boshida Openda imkoniyatlarni tenglashtirib qo‘ydi. 84-daqiqada esa Alvares g‘alaba golini urib ketdi. 3 ochkoni qo‘lga kiritgan "Manchester Siti" 1, "Leyptsig" esa 2-o‘rindan joy oldi.
Fikrlar