Dzyudochilarimiz Avstriyada uchta medal qo‘lga kiritdi

CHERY AUTO

Grand Prix Upper Austria turnirida 3 ta medal qo‘lga kiritildi.

Tecno

Avstriyaning Lins shahri mezbonlik qilgan dzyudo bo‘yicha Gran-Pri turkumiga kiruvchi turnir o‘z nihoyasiga etdi.

Uch kun davomida dunyoning 52 mamlakatidan kelgan dzyudochilar medallar hamda jahon reytingi uchun beriladigan qimmatli ochkolar uchun bahs olib borishdi. Yakunda Yaponiya terma jamoasi medallar jamg‘arish bo‘yicha birinchi o‘rinni egalladi. Dzyudo vatani vakillari 2 ta oltin, 4 ta kumush, 6 ta bronza medali bilan umumjamoa hisobida birinchi bo‘lishdi. 

O‘zbekiston terma jamoasi Avstriya Gran-prisida 1 ta kumush, 2 ta bronza medaliga ega chiqdi. Toshkent "Katta Dubulg‘a" turnirida bo‘lgani singari Linsda ham yosh dzyudochilarimiz o‘zlarini ko‘rsatishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!