Dzyudo. Yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatida qatnashadigan O‘zbekiston terma jamoasi tarkibi e’lon qilindi

  • 21 sentabr, 2024, 12:36
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Dzyudo
CHERY AUTO

 

Tecno

2-6 oktyabr kunlari Tojikiston poytaxti Dushanbe shahrida dzyudo bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionati bo‘lib o‘tadi. Dunyoning 60 mamlakatidan 450 nafarga yaqin sportchi qatnashishi kutilayotgan mazkur musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi ham katta tarkibda ishtirok etadi. Bu haqda Milliy Olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar tarqatmoqda.

Manbaga ko‘ra, jamoamiz quyidagi tarkibda Dushanbega yo‘l oladi:

Yigitlar:
-60 kg: Murodil Murodillaev
-66 kg: Zamoxshari Bekmurodov
-66 kg: Nizomiddinxo‘ja Toshpo‘latov
-73 kg: Hojiakbar Toshev
-81 kg: Mardon Ravshanov
-90 kg: Shahzodxo‘ja Sharipov
-90 kg: Alisher Samanov
-100 kg: Muhammadsodiq Sodiqov
+100 kg: Fazliddin Rafiqov

Qizlar:
-48 kg: Laziza Haydarova
-52 kg: Muhayyo Ahtamova
-57 kg: Despina Bochkova
-63 kg: Marjona Nurillaeva
-70 kg: Barchinoy Qodirova
-70 kg: Xurshida Razzoqberdieva
-78 kg: Shirinjon Yo‘ldosheva
+78 kg: Mohlaroyim To‘xtamisheva
+78 kg: Umida Nigmatova

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!