Dzyudo. O‘zbekiston chempionatining so‘nggi kunida og‘ir vaznli sportchilar bellashdi

  • 23 dekabr, 2021, 22:38
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Dzyudo
CHERY AUTO

Uch kun davomida poytaxtimizdagi "Yunusobod" sport majmuasi yilning so‘nggi dzyudo musobaqasi - kattalar o‘rtasidagi O‘zbekiston chempionatiga mezbonlik qildi.

Tecno

Bugun musobaqaning so‘nggi uchinchi kunida erkaklar o‘rtasida -100, +100 kg, ayollarda esa -78 va +78 kg vazn toifalarida g‘olib va sovrindorlar nomi ma’lum bo‘ldi.

Dastlabki ikki kungi bellashuvlarda bo‘lgani kabi bugun ham biroz kutilmagan natijalar kuzatildi. Muzaffarbek To‘raboev, Bekmurod Oltiboev, Mohinur Parmanova va Shirinjon Yo‘ldosheva o‘z vaznlarida O‘zbekiston chempioni bo‘lishdi. O‘tgan yilgi mamlakat chempioni Irisxon Qurbonboeva bu safar finalda Yo‘ldoshevaga yutqazib qo‘ydi.

Co‘nggi kun g‘olib va sovrindorlari:

ERKAKLAR

-100 kg vazn toifasi

1. Muzaffarbek To‘raboev (Toshkent shahri)
2. Otabek To‘raboev (Surxondaryo)
3. Bahrom Rajabov (Toshkent shahri)
3. Aqlmurodbek Xudoyberdiev (Surxondaryo)

+100 kg vazn toifasi

1. Bekmurod Oltiboev (Surxondaryo)
2. Elbek Abdullaev (Surxondaryo)
3. Shohruh Baxtiyorov (Toshkent shahri)
3. O‘tkirbek To‘raboev (Surxondaryo)

AYoLLAR

-78 kg vazn toifasi

1. Shirinjon Yo‘ldosheva (Xorazm)
2. Irisxon Qurbonboeva (Xorazm)
3. Pokiza Kamoliddinova (Toshkent shahri)
3. Tursunposhsha Nurmetova (Xorazm)

+78 kg vazn toifasi

1. Mohinur Parmonova (Qashqadaryo)
2. Fotima Quranboeva (Xorazm)
3. Yulduz Muhammadieva (Surxondaryo)
3. Charos Ozodova (Xorazm)

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!