Dzyudo. Bugundan yana bir xalqaro turnir start oladi

  • 8 mart, 09:04
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 1
  • Dzyudo
CHERY AUTO

8-9 mart kunlari Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida o‘smirlar va kichik yoshdagi o‘smirlar o‘rtasida xalqaro turnir bo‘lib o‘tadi. 

Tecno

An’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan "Alibayli Cup" turnirida mezbonlardan tashqari Rossiya, Qozog‘iston, Tojikiston, Turkiya, Gruziya singari o‘nga yaqin davlatdan yosh dzyudochilar ishtirok etadi. 

Ozarbayjon Yoshlar va sport vazirligi hamda mamlakat dzyudo federatsiyasi hamkorligida tashkil etilayotgan xalqaro turnirda O‘lmas Gulliev murabbiyligidagi "Diplomat" dzyudo klubi tarbiyalanuvchilari medallar uchun bahs olib boradi. 

Bu haqda O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Ilyosjon Turdaliyev
08/03/2025 09:47
Omad