
Dzyudo. Braziliya terma jamoasining jahon chempionati uchun tarkibi e’lon qilindi
Braziliya terma jamoasi 6-13 oktyabr kunlari Toshkentda o‘tadigan jahon chempionati uchun tarkibini e’lon qildi.
Braziliyalik dzyudochilar poytaxtimizga to‘liq tarkibda tashrif buyurishadi. Ular orasida Rio-2016 chempioni Rafaela Silva, Tokio-2020 bronza medali sohibi Daniel Kargnin, 3 karra Olimpiada sovrindori Mayra Aguiyar kabi nomlarni uchratish mumkin.
To‘liq tarkib:
Erkaklar: A.Kubavara (-60); E.Takabatake, V.Lima (-66); D.Kargnin (-73); G.Shmidt (-81); R.Machedo, M.Gomes (-90); R.Buzakarini (-100); R.Silva (+100).
Ayollar: A.Lima (-48); L.Pimenta (-52); R.Silva, J.Lima (-57); K.Kuadros (-63); L.Karvalyu, M.Portela (-70); M.Aguiyar (-78); B.Souza (+78).
Fikrlar