
Dzyudo. Ayollar terma jamoamiz mashg‘ulotlarni davom ettirmoqda
O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi qoshidagi engil konstruktsiyali zamonaviy dzyudo zalida terma jamoamiz qizlari mashg‘ulot o‘tkazishyapti.
Ushbu yig‘in 10 iyunga qadar davom etadi. Reja bo‘yicha 11-iyundan o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini Xorvatiyaga ko‘chadi. Ushbu mamlakatning dengiz bo‘yidagi turistik salohiyatga ega Porech shahrida tashkil etiladigan mashg‘ulotlarning 20 iyungacha o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Shundan so‘ng, 20 iyundan 6 iyulga qadar dzyudo vatani Yaponiyada o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini davom ettiriladi. Keyin 6-14 iyul kunlari yurtimizda tashkil etiladi. Poytaxt viloyatining tog‘li hududidagi yig‘inda asosiy e’tibor tiklanish, funtsional tayyorgarlikka qaratiladi. Dzyudochilarimiz tibbiy tekshiruvdan o‘tkaziladi.
Terma jamoamiz 14 iyul kuni Frantsiyaga jo‘nab ketadi va 25-iyulga qadar Parij -2024 Oliimpiadasiga yakuniy tayyorgarlikka kirishadi.
Fikrlar