Dzyuba Ibrohimhalil Yo‘ldoshev jamoasiga o‘tadimi?

  • 7 yanvar, 2023, 13:10
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Hamyurtimiz Ibrohimhalil Yo‘ldoshev to‘p suradigan Rossiyaning “Pari NN” klubi sport direktori Igor Kudryashov jamoaga Artyom Dzyubaning ehtimoliy transferi bo‘yicha tarqalgan xabarlarga fikr bildirdi.

Tecno

“Artyom Dzyuba - mahoratli futbolchi. Albatta, u "PariNN" ni kuchaytirgan bo‘lardi. Lekin Artyom bilan oramizda hech qanday suhbat bo‘lmadi”, - dedi Kudryashov.

34 yoshl Dzyuba hozirda erkin agent hisoblanadi. Uning so‘nggi jamoasi Turkiyaning "Adana Demirspor" klubi bo‘lgan. U o‘z vaqtida "Zenit" va "Spartak" klublaridagi o‘yinlari bilan tanilgan.

Eslatib o‘tamiz, "Pari NN" 17 turdan so‘ng Rossiya premer-ligasi musobaqa jadvalida 19 ochko bilan 12-o‘rinda bormoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!