
Dyu Plessining murabbiyi mashg‘ulotlarda antiqa usuldan foydalanadi
O‘rta vazn toifasida UFC chempioni Drikus dyu Plessining aytishicha, mashg‘ulot paytida uning murabbiyi jangchilarning xatolarini tuzatish uchun elektroshokerdan foydalanadi.
“Hech kim shunchaki chempion bo‘lmaydi. Bu – aqlsizlikdek tuyulishi mumkin, ammo odatda, murabbiy mashg‘ulotlarda elekroshoker ishlatadi. Bu usul xatolarni kamaytirishga yordam beradi", – dedi du Plessi matbuot anjumanida.
ma’lumot uchun, Plessi "UFC 305" turnirida Israel adesanyaga qarshi jang qiladi.
Fikrlar