
Duglas Kosta A Seriyaga qaytishi mumkin
"Bavariya" safida ijara asosida harakat qilayotgan "Yuventus" futbolchisi Duglas Kosta A Seriyaga qaytishi mumkin. Bu haqda Tuttosport xabar tarqatdi.
Manbaning yozishicha, 30 yoshli braziliyalik yarim himoyachi xizmatiga "Milan" qiziqish bildirmoqda. "Rossonerilar" Duglasni yanvardayoq o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.
Joriy mavsum Kosta 19ta o‘yinda maydonga tushib, 1ta gol urdi hamda 2 golga hammualliflik qildi.
Fikrlar