
Due: “Bu tush emas, reallik! Men juda baxtliman”
Xabaringiz bor, PSJ UEFA Chempionlar ligasining finalida "Inter"ni yirik 5:0 hisobida mag‘lub etdi. Uchrashuv davomida 2 ta gol va 1 ta golli uzatma bilan birga, o‘yinning eng yaxshi futbolchisi bo‘lgan Dizayr Due bellashuvdan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Rahmat, "Park-de-Prens"! Rahmat, Parij!
Menda so‘z yo‘q. Bu tush emas, reallik. Bu aqlbovar qilmas holat. Men juda baxtliman" – dedi Due tantanadan so‘ng.
Eslatib o‘tamiz, Luis Enrike boshchiligidagi parijliklar 15 iyundan 13 iyulgacha davom etadigan Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatida ishtirok etadi.
Fikrlar