
Drogba Kot-d’Ivuar futboliga rahbarlik qilmoqchi
Londonning “Chelsi” klubi va Kot-d’Ivuar terma jamoasi sobiq hujumchisi Dide Drogba mamlakat futbol federatsiyasiga prezident bo‘lmoqchi. Bu haqda L’Équipe nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra 41 yoshli sobiq futbolchi joriy yilning dekabr oyida bo‘ladigan saylovlarda ishtirok etish uchun kerakli hujjatlarni tayyorlamoqda.
Ta’kidlash kerakki, ushbu saylovlarda shuningdek Kot-d’Ivuar terma jamoasining yaqin o‘tmishdagi boshqa bir mashhur futbolchilaridan biri Bonaventyur Kalu ham ishtirok etadi.
Fikrlar