
Drogba Azarni "Chelsi"da qolishga chaqirmoqda
"Chelsi"ning sobiq hujumchisi Dide Drogba belgiyalik vinger Eden Azarga “aristokratlar” safida qolishni maslahat berdi.
“U “Chelsi”dan ketib nima qiladi? Menimcha u barchasiga shu erning o‘zida erishishi mumkin. Bilasizmi, menda boshqa jamoalarga ketish uchun ko‘plab imkoniyatlar bo‘lgan, lekin men “Chelsi”da qolib, o‘z tariximni shu erda yozishga qaror qilganman. Biz Chempionlar ligasida g‘olib chiqqanmiz. Bu voqea u bilan ham sodir bo‘ladi deb o‘ylayman.
U “Chelsi”da qolsa, bundan juda ham xursand bo‘lgan bo‘lardim. Biroq, agar “Real”ga o‘tishga qaror qilsa, unga faqat omad tilashim mumkin ”, - deydi Drogba.
Fikrlar