
Drikus dyu Plessi: "Qog‘ozda hamma Xamzat Chimaev meni engadi, deb o‘ylamoqda. Biroq ular o‘qishni bilmasligimni tushunmayapti"
O‘rta vazn toifasida UFC chempioni Drikus dyu Plessi (23-2) chechenistonlik Xamzat Chimaev (14-0) ularning jangiga qanday tayyorlanayotganini tushunmayapti.
"U menga qarshi qanday tayyorgarlik ko‘radi? Hatto nima qilishimni o‘zim ham bilmayapman-ku... Balki baxtsiz hodisa yuz berar, masalan, ustimga pianino tushib ketishi mumkin. Shundagina u g‘alaba qozonish imkoniga ega bo‘ladi. Qog‘ozda hamma Xamzat Chimaev meni engadi, deb o‘ylamoqda. Lekin ular o‘qishni bilmasligimni tushunmayapti", - deya hazilomuz gaplarni aytib o‘tdi janubiy afrikalik MMA ustasi.
Eslatib o‘tamiz, Chimaev va dyu Plessi to‘qnashuvi 17 avgust kuni "UFC 319" turnirida o‘tkaziladi.
Fikrlar