
Draksler: Neymar va Mbappe PSJda qolishiga shubham yo‘q
PSJ klubi yarim himoyachisi Yulian Draksler jamoadoshlari Kilian Mbappe va Neymarlarning Parijdagi kelajagi haqida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.
“Neymar va Mbappe jamoada qoladi deb o‘ylayman, garchi men klub sport direktori bo‘lmasamda. Ushbu futbolchilar hali bu erdagi ishini yakunlashgani yo‘q. Shu bois ularning Parijda qolishlariga aslo shubha qilmayman”, - deydi germaniyalik futbolchi.
Eslatib o‘tamiz, so‘nggi paytlarda ushbu futbolchilardan biri yozda “Real”ga ko‘chib o‘tishi borasida turli mish-mishlar keng tarqaldi.
Fikrlar