
Dragan Cheranga Superliganing 3 klubidan taklif bor!
Xabaringiz bor, kecha bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda Jahongir Ortiqxo‘jaev Dragan Cheran jamoaning keyingi rejalarida yo‘qligi va ketishini ma’lum qilgan edi.
Bir necha mavsumdan beri to‘purarlikni xech kimga bermay kelayotgan Cheran faoliyatini Superligada davom ettirishi mumkin. Hozirda unga "Nasaf", "Bunyodkor" va "Neftchi"dan taklif kelib tushgan.
Ma’lumot uchun, serbiyalik futbolchi joriy mavsum Superligada 22 ta o‘yinda qatnashib, 13 ta gol urdi va 4 bora golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar