
Dragan Cheran O‘zbekiston chempionati rekordchisiga aylandi
Bir necha soat oldin O‘zbekiston Superligasi 15-turi doirasidagi "Neftchi" - "Paxtakor" uchrashuvi yakuniga etdi. Unda Maksim Shatskix shogirdlari 2:0 hisobida g‘alaba qozonib, 3 ochkoni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.
Gollarga Sardor Sobirxo‘jaev va Dragan Cheran mualliflik qildi. O‘yinning 72-daqiqasida o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ygan "sherlar"ning serbiyalik hujumchisi o‘zining joriy mavsumdagi to‘qqizinchi, chempionatdagi 106-golini kiritdi.
Shu tariqa, Cheran O‘zbekiston chempionati tarixidagi eng ko‘p gol urgan legioner futbolchiga aylandi.
Dragan "Sho‘rtan", "Nasaf", "Lokomotiv" va "Paxtakor" kabi klublar safida o‘ynagan futbolchi Artur Gevorkyanni ortda qoldirdi. Turkmanistonlik futbolchi hisobida 105 ta gol mavjud edi.
Fikrlar