Dragan Cheran: "Keyinchalik "Paxtakor"da murabbiy sifatida sovrinlarga ega chiqsam ajoyib bo‘lardi"

  • 12 avgust, 2021, 23:12
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Nafaqat “Paxtakor”, balki chempionatimizning eng yaxshi legioneri bo‘lib kelayotgan serbiyalik Dragan Cheran kuni kecha klubi bilan amaldagi shartnomasini 2022 yil oxiriga qadar uzaytirdi.

Tecno

U hamma vaqt jamoasining yaqqol etakchisi va to‘purari bo‘lib kelyapti. Shuning uchun “Paxtakor” Cheran bilan kelishuvni cho‘zdi. Dragan klubi bilan shartnomani uzaytirganidan keyin o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

- Dragan, “Paxtakor” bilan shartnomani uzaytirish tashabbusi kimdan chiqdi va buning asosiy sababi nimada?

- Ikkala tomondan ham qiziqish borligi uchun darhol til topishimiz oson kechdi. Murabbiy va sport direktori ham o‘rtadagi kelishuvga qiziqib qolgani uchun ham bu ishlar osonlik bilan kechdi.

- Kelasi yili 35 yoshga to‘lasiz. Bu deyman, faoliyatingizni “Paxtakor”da tugatmoqchimisiz?

- Hozircha men futbolchilik faoliyatimni yakunlash haqida o‘ylamayapman.

- O‘ylashimcha, klub sizga yanada yaxshiroq shartnoma taklif qildimi? Ya’ni, bu safargisi avvalgilaridan ko‘ra siz uchun foydalimi?

- Moliyaviy tomondan ham men hammasidan qoniqish hosil qilyapman.

cheran

- “Paxtakor” klubi sizning faoliyatingizda qanday o‘rin tutadi? Bu siz to‘p surgan jamoalar ichida eng yaxshisimi?

- “Paxtakor”dek klubda kuchli o‘yin ko‘rsatyapman. Hammasi bir-biriga mos tushayotganidan ko‘nglim taskin topyapti. Chunki “Paxtakor” o‘zim to‘p surgan klublar orasida kuchlisi hisoblanadi.

- O‘tgan vaqt davomida “Paxtakor”ga nima bera oldim deb o‘ylaysiz va siz klubdan nima o‘rgandingiz?

- Men ularga o‘zimdagi 100 foiz jangovar ruhni berib kelyapman. Hamkasblarim yoniga doim ijobiy kayfiyatda qaytaman.

- Futbolchilik faoliyatingizdan keyin o‘zingizni “Paxtakor”da murabbiy sifatida tasavvur qila olasizmi?

- Bu “Paxtakor”da keyinchalik qolib murabbiy sifatida ham sovrin va unvonlarga ega chiqsam, ajoyib ish bo‘lardi.

- Legioner o‘yinchi uchun shu yoshda ham yaxshi sport formasida bo‘lishning siri nimada?

- Bu masalada yashiradigan sirim yo‘q. Shunchaki, professional sifatida kishi o‘z ishini 100 foiz kuch bilan bajarar ekan, hammasiga asta-sekinlik bilan erishishi muqarrar. Shuning barobarida vaqtida va kuchni tiklab olish uchun to‘xtash kerakligini, hordiq chiqarishni ham yoddan ko‘tarmaslik zarur.

cheran2

- O‘zbekistondagi faoliyatingiz mobaynida hujum chizig‘ida siz uchun eng yaxshi tandem kim edi?

- Masharipov-Cheran-Sergeev uchligi juda qoyilmaqom darajada o‘ynagan.

- To‘purarlar bahsida “So‘g‘diyona” hujumchisi Shoxruz Norxonov sizga etib oldi. U haqda fikringiz qanday?

- Men uni a’lo darajadagi futbolchi deb hisoblayman. U juda iqtidorli yigit bo‘lib, ikki mavsum davomida hisobiga ko‘plab gollarni yozib qo‘ya olgan. Bu esa uning hamma vaqt gollar kiritib kelishidan dalolat beradigan jihatdir.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!