Doston Tursunovning jarrohlik amaliyoti muvaffaqiyatli o‘tdi

  • 22 noyabr, 2021, 22:12
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston terma jamoasi futbolchisi Dostonbek Tursunov Gruziyaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuviga tayyorgarlik payti jarohat olgandi. O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi uni davolash uchun Italiyaning mashhur jarrohlaridan biri Paolo Marianini jalb etgani haqida xabar berib o‘tgandik.

Tecno

Futbolchimiz Italiya poytaxti Rimda “Villa Stuart” klinikasida professor Mariani tomonidan operatsiya qilindi. Ma’lum bo‘lishicha, jarrohlik amaliyoti muvaffaqiyatli amalga oshirilgan va ayni paytda futbolchimiz o‘zini yaxshi his qilmoqda.

O‘FA matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!