
Donnarummani Italiyaga qaytarishmoqchi
PSJ darvozaboni Janluiji Donnarumma yana Italiyaga qaytishi mumkin. Jurnalist Alfredo Pedullaning xabariga ko‘ra, "Yuventus" yaqinda italiyalik posbon masalasida Parij klubiga so‘rov yuborgan.
Ayni damda ushbu transferning amalga oshish ehtimoli past, ammo “Bavariya” qiziqayotgan Voytsex Shensniy “Yuventus”dan ketsa, buning ehtimoli ortadi. Qolaversa, PSJ Donnarummadan PSJ hujumchisi Dushan Vlahovich bilan shartnoma tuzishda foydalanishi mumkin.
Eslatib o‘tish lozimki, “Yuventus” Donnarummani 2021 yilda, u “Milan”ni erkin agent sifatida tark etganidayoq o‘z safiga qo‘shib olishga urunib ko‘rgan edi.
Fikrlar