Donnarumma PSJga o‘tadi

  • 8 iyun, 2021, 09:39
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Italiyalik jurnalist-insayder Fabritsio Romano "Milan" darvozaboni Janluiji Donnarumma PSJ bilan shartnoma imzolashi haqida ma’lum qildi.

Tecno

Manbaga ko‘ra, bitim "muqarrar" deb baholanmoqda va tez orada imzolanadi. Frantsuz klubi Donnarummani “Evro-2020”ga tayyorgarlik ko‘rayotgan Italiya terma jamoasi qarorgohida tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishni rejalashtirmoqda.

22 yoshli Donnarumma o‘tgan mavsum A Seriyada jami 37 ta o‘yinda ishtirok etdi va ushbu uchrashuvlarning 13 tasida o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.

Bundan avvalroq Janluijiga “Barselona” asosiy da’vogar sifatida e’tirof etilayotgan edi. Biroq parijliklar nisbatan yaxshiroq taklif evaziga uni o‘z tomoniga og‘dirib oldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!