
Donnarumma nega aynan 25-raqamni olganini ochiqladi
Angliya Premer-ligasining to‘rtinchi turidan o‘rin olgan “Manchester Siti” va “Manchester Yunayted” o‘rtasidagi uchrashuvda Janluiji Donnarumma “shaharliklar” safida debyut qildi.
26 yoshli darvozabon bahsni yuqori darajada o‘tkazib, ikkita superseyv ijro etdi va g‘alabaga munosib hissa qo‘shdi.
Italiyalik golkiper yangi jamoasida nega aynan 25-raqamni tanlaganini aytdi.
- 25 – men Italiya A Seriyasida birinchi o‘yinimni o‘tkazgan kun. Ya’ni, 2015 yilning 25 oktyabrida Italiya chempionatida debyut qilganman. Qolaversa, o‘zimning ham, sevgilim Alessiyaning ham tug‘ilgan kuni 25-sanada,- dedi Janluiji Donnarumma.
Eslatib o‘tamiz, bungacha “shaharliklar” tarkibida 25-raqamda markaziy himoyachi Manuel Akanji o‘ynagan. Shveytsariyalik futbolchi yozgi transferlar davrida “Inter”ga ijaraga berilgani bois, bu raqam bo‘sh turgan edi.
Fikrlar