
Dmitriy Bivolga raqib topildi. Bu Artur Beterbiev emas
Yaqinda bo‘lib o‘tgan Dmitriy Bivol va Artur Beterbiev o‘rtasidagi revanshdan so‘ng ko‘pchilik trilogiyani kutayotgan edi. Biroq WBC tashkiloti Bivolga kamarini himoya qilish uchun boshqa raqib topdi.
Aniqroq qilib aytadigan bo‘lsak, Devid Benavides Dmitriyning keyingi raqibi bo‘lish ehtimoli katta. Chunki amerikalik charm qo‘lqop ustasi yarim og‘ir vazndagi chempionlik unvoni uchun majburiy da’vogar sanaladi.
Eslatib o‘tamiz, Bivol va Beterbiev o‘rtasidagi ikkinchi jangda Dmitriy ochkolar bo‘yicha g‘alabani qo‘lga kiritib, mutlaq jahon chempioniga aylandi.
Fikrlar