
Diyor Mirzaboev "Andijon" tarkibini aniqlash va o‘yinchi almashtirishlarni rossiyalik murabbiy amalga oshirishini aytdi
"Qizilqum" hamda "Andijon" (1:1) jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv yakunlangach, mehmonlar murabbiyi Diyor Mirzaboev matbuot anjumanida ishtirok etdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
- Albatta, g‘alaba uchun kelgandik. Raqibning ikkita o‘yinini kuzatgandik. Futbol tili bilan aytganda, olti ochkolik o‘yin edi. Himoyadagi xato sababli gol o‘tkazib yubordik. Yakunda niyatimizning yarmiga etib, hisobni tenglashtirdik. Tarkib aniqlash va o‘yinchi almashtirishlarni Viktor Kumikov amalga oshiradi. Shu kunlarda uning hujjat ishlari yakunlanadi va o‘z joyini egallaydi, - dedi murabbiy.
Fikrlar