Diyor Imomxo‘jaev: Superliga rejalariga o‘zgartirish kiritiladi

  • 18 mart, 2021, 11:36
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zPFL O‘zbekiston Superligasi bo‘yicha o‘z rejalariga o‘zgartirish kiritadi. Bu haqda tashkilot rahbari Diyor Imomxo‘jaev ma’lum qildi.

Tecno

"Coca Cola Superliganing may oyi so‘nggi 10 kunligidagi rejalariga o‘zgartirish kiritiladi. O‘FA bu borada rasmiy murojaat bilan chiqdi. 

Xabaringiz bor, OFK rejalariga biroz o‘zgartirish kiritdi va JCh saralash uchrashuvlarining qolgan qismini Saudiya Arabistoni mezbonligiga taqdim etdi. Saudiya esa bizning guruhdagi printsipial raqibimiz hisoblanadi. 

Shundan kelib chiqib, O‘zbekiston milliy terma jamoasi avvaldan rejalashtirilgani kabi 29 may kuni emas, 20 may kuni yig‘iladigan bo‘lgan. FIFA kunlari 15 iyunga qadar davom etishi hisobga olinsa, chempionatda tahminan 28 kunlik tanaffus yuzaga keladi. Bu vaqtda Pro liga uchrashuvlari davom etadi",-deyiladi xabarda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!