
Diyor Imomxo‘jaev: "Navbahor" shu mavsum chempion bo‘lsa, faqat va faqat xursand bo‘lamiz
PFL bosh direktori o‘rinbosari Diyor Imomxo‘jaev telegramdagi o‘zining sahifasida Superliga boshlanayotgani va bu mavsum "Navbahor" chempion bo‘lsa, xursand bo‘lishini ma’lum qildi.
- Superliga reklamasi qahramonlari ishtirokidagi o‘yin bilan bugun start oladi. Hammani stadionga chaqiramiz.
"Navbahor" shu mavsum chempion bo‘lsa, faqat va faqat xursand bo‘lamiz. O‘zimizda bor vijdonimiz bilan aytamizki, qaysidir klubni atayin cho‘ktirish bizga xos emas, tarbiyamiz yo‘l qo‘ymaydi. Har ikki klubga ham omad. Zo‘r o‘yin bo‘ladi, - deya yozib qoldirdi Diyor Imomxo‘jaev.
Ma’lumot o‘rnida, "Paxtakor" - "Navbahor" uchrashuvi bugun 16:00da boshlanadi.
Fikrlar