
"Dinamo"ni Bikmaev, Rashidov va boshqa legionerlar tark etdi
"Dinamo" jamoasi ertaga, 5 yanvar kunidan yangi mavsumga tayyorgarlik doirasidagi ikkinchi yig‘inni boshlaydi.
Bosh murabbiy Vadim Abramov qo‘l ostida poytaxtda o‘tadigan o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini doirasida samarqandliklar bir qator nazorat o‘yinlarida ishtirok etishi, yangi o‘yinchilar ko‘rikdan o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
2022 yilgi mavsum yakunlariga ko‘ra, "Dinamo" bilan shartnomasi yakuniga etgan aksariyat o‘yinchilar jamoani tark etishdi. Jumladan, Mixaylo Yovanovich, Miloe Prekovich, Evgeniy Chumak, Saydullo Rahmatov, Ibrohim Yo‘ldoshev, Islom Sharipov, Oybek Nurmatov, Sahob Rashidov, Marat Bikmaev klub bilan xayrlashdi.
"Dinamo" klubi matbuot xizmati
Fikrlar