
"Dinamo" uchinchi uchrashuvda ham yana 1:1 hisobida durang o‘ynadi
Superliga bahslariga Turkiyada tayyorgarlik ko‘rayotgan “Dinamo” jamoasi yig‘in doirasidagi uchinchi uchrashuvida maydonga tushdi.
Ushbu o‘rtoqlik bahsida “Dinamo” Qirg‘iziston chempionati vitse-chempioni “Abdish-Ata” klubiga qarshi to‘p surdi.
Uchrashuvda “Dinamo” bosh murabbiyi Predrag Rogan ikkita tarkibni ham sinovdan o‘tkazdi. Birinchi bo‘limda maydon markazidagi qo‘pol xatodan keyin raqib jamoa qarshi hujumda hisobni ochgan bo‘lsa, “dinamochilar” 88-daqiqada Muzaffar Muzaffarovning chamasi 30 metrdan yo‘llagan zarbasi evaziga ketma-ket 3-o‘yinda ham 1:1 hisobini qayd etishdi.
“Dinamo” (1-bo‘lim): Miloe Prekovich, Islom Sharipov, Mixaylo Yovanovich, Jasur Jumaev, Saydullo Rahmatov, Muzaffar Muzaffarov, Temur Ismoilov, Evgeniy Chumak, Shohmalik Komilov, Shokir Yo‘ldoshev, Aleksandr Glishich.
Zaxira tarkibi: Farhod Rahmatov, Jo‘rabek Mannonov, Doston Foteev, Ibrohim Yo‘ldoshev, Vohid Oqbo‘taev, To‘lqin Ergashev, Jasur Umarov, Sahob Rashidov, Faxriddin Alimov, Oybek Nurmatov, Akmal Kozimov.
"Dinamo" bunga qadar "Levyy bereg" (Ukraina) hamda "Chiksereda" (Ruminiya) klublariga qarshi uchrashuvlarda ham 1:1 hisobida durang natija qayd etgan.
Fikrlar